» » “Ot yasovchi qo`shimchalar” mavzusi yuzasidan takrorlash
Информация к новости
  • Ko'rildi: 1183
  • Muallif: admin
  • Sana: 22-02-2016, 09:46
22-02-2016, 09:46

“Ot yasovchi qo`shimchalar” mavzusi yuzasidan takrorlash

Bo'lim: DARS ISHLANMALAR

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1.O`quvchilar bilan salomlashiladi.
2.Davomat aniqlanadi.
3.O`quvchilar bilan qisqacha kirish suhbati o`tkaziladi.(Vatan haqida savol-javoblar o`tkaziladi.)
-Bolajonlar, Vatan bu nima?
-Biz qaysi Vatanda yashaymiz?
-Siz Vatanga qanday hissangizni qo`shyapsiz?
(Slaydda Vatan haqida rasmlar ko`rsatiladi)
II. Uy vazifasini so`rash va baholash:
-Bolalar, endi biz sizlar bilan “Ona tili olami”ga sayohat uyushtiramiz. Buning uchun biz siz bilan quloqlarimizni, ko`zlarimizni, tabassumimizni, yaxshi kayfiyat va butun bilimlarimizni ishga solib sayohatni boshlaymiz. Sayohatni boshlashdan oldin uyga vazifalarni tekshirib olamiz. Uy vazifasini bajarib kelmagan o`quvchini esa o`zimiz bilan sayohatga olib keta olmaymiz.
-Qani uyga qanday vazifa berilgan edi?
(Uyga vazifa slaydda ko`rsatiladi, o`quvchilar bilan birgalikda o`qiladi)
237-mashq. Matnni o`qing. So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil bo`lgan otlarni aniqlang.
1.Lolazorga aylanar
Sohil erta bahordan.
2.Yuk tashuvchi ishchilar,
Dengizchilar yig`ildi.
Barcha ko`zlar begunoh
Baliqchiga tikildi.
3.Mening otam omilkor,
Juda mohir paxtakor.
Aniqlangan otlarni ko`chirib, ot yasovchi qo`shimchalarni namunadek belgilagan o`quvchilarning daftarlari tekshirib chiqiladi.
III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Sayohat davom ettiriladi.
“Ot yasovchi qo`shimchalar” mavzusini mustahkamlash maqsadida “Telefon” o`yini o`tkaziladi. Har bir qatorga bittadan so`z berildi: “ Futbolchi”, “Sinfdosh”, “Soatsoz”.
Bu so`zlar birinchi o`quvchining qulog`iga aytiladi, u yonidagi bolaning qulog`iga ushbu so`zni aytadi. Shu tariqa oxirgi o`quvchigacha aytiladi, u eshitgan so`zini aytadi.
Shundan so`ng “ Futbolchi”, “Sinfdosh”, “Soatsoz” so`zlari tahlil qilinadi.
futbol+chi, sinf+dosh, soat+soz
Otlarga ot yasovchi qo`shimchalar qo`shilib, yangi so`zlar hosil qilinganligi aytiladi, savol-javoblar o`tkaziladi:
1. Ot deb nimaga aytiladi?(Shaxs va narsani bildirib, kim? yoki nima? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi?)
2. Ot qanday so`roqlarga javob bo`ladi?(Kim?, kimlar?, nima?, nimalar?)
3. Otlarga misol keltiring. (cho`pon, stol, chaqmoq, o`rdak, randa, bino, shamol)
4. Ot yasovchi qo`shimchalar qaysilar?(-chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qoshimchalari ot yasovchi qo`shimchalardir)
5. Ot yasovchi qo`shimchalarning vazifasi nima?(Bu qo`shimchalar so`z asosi-o`zaklarga qo`shilib yangi so`zlar yasaydi)
6. Yasama otlarga misollar keltiring. (O`qituvchi, binokor, gulzor, toshloq, partadosh)

IV. Darslik bilan ishlash:
238-mashq ishlanadi.Berilgan otlarga ot yasovchi –chi, -kor, -zor, -loq qo`shimchalaridan mosini qo`shib, otlar hosil qiling.
Ijod, parvoz, g`alla, tosh, archa, atlas, chaman, suvoq, qum.
Otlarni yonma-yon yozing va ot yasovchilarni tegishlicha belgilang.Hosil qilgan otlaringiz ishtirokida ikkita gap tuzing. Gaplarning bosh va ikkinchi darajali bo`laklarini ko`rsating.
O`quvchilar bilan birgalikda mashq ishlanadi, o`quvchilar doskada bajaradilar, gaplar tuzdiriladi, gap bo`laklari aniqlanadi.
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. “So`zni top” o`yini.
O`quvchilarga turli so`zlar aytiladi, yasama otlar aytilsa o`quvchilar qarsak chaladilar, boshqa so`zlar aytilsa qarsak chalinmaydi. So`zlar: Ishchi, sinfdosh, o`simlik, hikoya, yo`l, maktab, maktabdosh, tennischi, suvchi, tog`, qo`shiq, qo`shiqchi, o`qituvchi, muallim,olma, dengizchi, baliqchi, qish, chana, suhbatdosh, o`tloq, toshloq.
V. O`tilgan mavzuni umumlashtirish:
239-mashq ishlanadi. O`zingiz ot yasovchi –chi, -kor, -dosh, -zor qo`shimchalari yordamida shaxs ma’nosini va o`rin-joy ma’nosini bildirgan otlar hosil qiling va yozing. Bu mashqni bajarishda lug`atdan foydalaning.
O`quvchilar bilan birgalikda mashq ishlanadi, o`quvchilar doskada bajaradilar.
So`ngra slayd orqali aralash berilgan bo`g`inlar ko`rsatiladi, o`quvchilar bu bo`g`inlardan so`zlar tuzadilar.
VI. O`quvchilarni baholash:
-Sizlarning faolligingiz, iqtidoringiz, bilimdonligingiz meni nihoyatda quvontirdi. Bundan keyin ham har bir mavzuni astoydil o`qib-o`rganing. Sizlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, shart- sharoitlardan oqilona foydalaning.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash:
“B.B.B” texnologiyasi o`tkaziladi.
O`quvchilarga uyga vazifa qilib 240-mashq beriladi, qanday ishlanishi tushuntirib beriladi.
240-mashq. Nuqtalar o`rniga ot yasovchi qo`shimchalardan mosini qo`yib, so`zlarni o`qing va yozing.
Sayohat.., sholi.., sinf.., futbol.., maysa.., shaxmat.., g`alla.., fikr.., o`t.., meva.., shifo.., gul.., sir.., bino.. .
Yozgan so`zlaringiz ishtirokida 3 ta gap tuzing va yozing.
Dars yakunlanadi.
скачать шаблоны для dle 10.3Финансовый портал как заработать на forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.

Добавление комментария

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Maxfiy kodni yozing: *