» » : BETAKRORIMSAN,YAGONASAN, ONA VATANIM-OZBEKISTONIM!
  • Ko'rildi: 2457
  • Muallif: admin
  • Sana: 22-02-2016, 09:48
22-02-2016, 09:48

: BETAKRORIMSAN,YAGONASAN, ONA VATANIM-OZBEKISTONIM!

Bo'lim: DARS ISHLANMALAR

Dars epigrafi :
Imkoniyatlar yaratgan ey gozal boston,
Noming bolgay doimo tillarda doston
Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan,
Mustaqil Ozbekiston !

Darsning blok chizmasi :

T/r Dars bosqichlari Vaqti
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2 Oquvchilarni faollashtiruvchi savollar 10 daqiqa
3 Oquvchilarning fikrlarini umumlashtirish 10 daqiqa
4 Didaktik oyinlar (mustahkamlash) 16 daqiqa
5 Oquvchilarni ragbatlantirish 2 daqiqa
6 Uyga vazifa 2 daqiqa

Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
II. Oqituvchining kirish sozi : Aziz oquvchilar ! 1991-yil 31-avgustdan Ozbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat- Ozbekiston Respublikasi paydo boldi.
Mana 24 yildirki 1-sentabr - Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug, eng aziz
bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bugungi ilk darsimiz ham mana shu
qutlig sanaga bagishlanadi.
Assalom ,ona yurt, tonglar olkasi,
Tarif- tafsifingning yoq nihoyasi.
Senga bagishlanur muqaddas qoshiq,
Bu ozbek elining oz madhiyasi.
( Ozbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kuylanadi ).






III. Oquvchilarni faollashtiruvchi savollar :
1. Vatan nima ?
Oquvchilarning fikrlari tinglanadi va oqituvchi umumlashtiradi :
Qulogimizga aytilgan azon, onamizni tanigan, uning allasini eshitib orom olgan yer, nonning tamini bilgan onimiz, 1- qadamni kotargan ostona, ilk bor varrak uchirgan, 1-marta hayitlik olgan joy Vatandir.
2. Mustaqillik nima? U bizga nima berdi?
Oqituvchi oquvchilarning javoblarini tinglab , umumlashtiradi :
( rasmlar asosida)
Mustaqillik Prezidentimiz tabiri bilan aytganda manaviy tiklanish va yuksalish demakdir.
Mustaqillik iqtisodiy imkoniyatlar, huquqiy madaniyat va ozlikni anglashdir.
Mustaqillik- millatning oz taqdirini ozi belgilashini kafolatlaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan ozbek xalqi millat, xalq sifatida oz taqdirini ozi belgilash imkoniyatiga ega boldi, siyosiy, iqtisodiy, manaviy sohalarda bir qancha ozgarishlar yuz berdi. ( rasmlar asosida tushuntiradi).
Jumladan, siyosiy jihatdan Ozbekiston xalqaro maydonda teng huquqli mustaqil davlat sifatida munosib oringa sazovor boldi.
Oz tiliga, Qomusiga, Davlat ramzlariga, Prezidentiga, chegarasiga, valyutasiga va oz armiyasiga ega boldi.
Iqtisodiy jihatdan iqtisodiy mustaqillikka erishildi :
1. Avtomobil va transport sanoati rivojlandi. Dunyodagi avtomobilsozlik sanoatiga ega bolgan 28 davlatning biri Vatanimiz ekanligi bizga katta gurur va iftixor baxshlaydi.
2. Galla mustaqilligiga erishildi.
3. Agrar davlatdan industirlashgan mamlakatga aylandi : avval xom ashyo bazasi bolgan bolsa, hozirda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi.
4. Shahar va qishloqlarimiznig qiyofasi tubdan ozgarib, shaharsozlik, bunyodkorlik ishlari baravj boldi.
5 Davlatimiz rahbari I. Karimovning tashabbusi bilan Mahalla, Kamolot, Soglom avlod uchun, Ulugbek, Umid, Ustoz va shu kabi koplab jamgarmalar vujudga keldi.
6. Maktab, kollej, litsey, choyxona, toyxona, guzar va zamonaviy savdo-sotiq maskanlari qurildi, bularning hamma - hammasi iqtisodiy salohiyatning ustunligidandir.
6. Davlatimiz rahbari I. Karimovning tashabbusi bilan Mahalla, Kamolot, Soglom avlod uchun, Ulugbek, Umid, Ustoz va shu kabi koplab jamgarmalar vujudga keldi.
Hozirda mamlakatimizning 2000 dan ortiq eng iqtidorli yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarda talim olmoqdalar.
Buhi birgina ozimiz yashayotgan Xorazm viloyati Urganch tumanida Siz oquvchilarga korsatilayotgan gamxorlik misolida korib chiqsak :
2015-yil mobaynida yangi oquv yiliga talim muassasalarini tamirlash uchun tuman moliya bolimi tomonidan 209 mln. som sarflangan bolsa, tumandagi 1- sonli,43- sonli, 36-sonli 5-tipdagi sport komplekslarini qurish ,tamirlash uchun davlatimiz tomonidan
1 milliard 724 ming 548 som pul mablagi sarflandi. Endi mamlakatimizning boshqa shahar va qishloqlarida faqat talim muassasalari uchun ajratilayotgan mablagni oylab koring-chi
Manaviy sohada ham sezilarli ozgarishlar amalga oshirildi : tilga, tarixga, milliy anana va qadriyatlarimizga, manaviy merosimizga, dinga, adabiyot va sanatga., urf-odatlarimizga
bolgan munosabatlar ozlikni anglash, milliy mafkuraning shakllanganligidan dalolatdir.

3-savol- Biz kimmiz, qanday buyuk ajdodlarning avlodlarimiz?
Oquvchilarning fikrlari Klasterusulidan foydalangan holda doskaga yozib boriladi . Song texnik vositalar orqali quyidagi sher eshittiriladi va buyuk ajdodlarimizning rasmlari korinarli joyga ilinadi. ( Komil Avaz . Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda. (Qasida)
Xorazmiy aljabr tuzib dunyoda,
Bashar tafakkurin etdi ziyoda.
Sir-sinoat bisyor madad Sinoda,
Olam bori topdi darmon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda.
Mustajob Termiziy duosi har on,
Al-Forob inshosi boqiy bir nishon,
Qalblarda Beruniy nomi nurafshon,
Ozbegim dahosi unvon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda.
Zamaxshariy ilmi tengsiz xazina,
Necha olim fido Mufassalina .
Ottiz kitob bitdi aning sharhina,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda.
Yassaviy hikmati haqqa tumordir,
Naqshband tariqati dillarga yordiur,
Ahli xirad uchun ruh beshumordur
Haq ziyosi urar tugyon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda
Shayx Kubro sohibi ilm ladunniy,
Shahid boldi bosgach kuffor zaminni.
Ani aytib magrur kezadi Rumiy,
Farzand shahdi xop namoyon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda.
Turkizabon elni alqab Navoiy,
Lafzinda joy topmay kalom havoyi,
Sozi hikmat, dardi dilga davoyi,
Navo otlig javhari jon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda
Ona zaminidan istab darmon-e,
Tor boldi Boburga jahon ayvoni,
Anga quchoq ochdi nazm maydoni,
Shoh nazmining sehri shodon yuzingda
Ozbekiston, bor bol jahon yuzind.
Munis va Ogahiy zor 2 daho,
Ishqni yuraklarga etgan jo-bajo.
Tavorix bitdilar mulkda bebaho,
Ishq tumori durri afshon yuzingda.
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda
Aytsam qatagondan etgan kasrni,
Qodiriy, Fitratu, Cholpon, Nosirni,
Olimi eng mudhish ohi asrning,
Tabassuming gahi giryon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda
Ozbekiston, parvozing sarbalanddur,
Xushnavoli shox sozing sarbalanddur,
Jahon boylab ovozing sarbalanddur,
Istiqlolning nuri tarxon yuzingda,
Ozbekiston, bor bol jahon yuzinda

Oqituvchi oquvchilarni 6 guruhga ajratadi va tarqatma materiallarni beradi. Belgilangan vaqt ichida guruglar topshiriqlarni bajaradilar va taqdimot otkazadilar.
1-guruh topshirig :
Quyida berilgan malumot va sherni ifodali oqing.
Ozbekiston mustaqillikka erishgach, har tomonlama rivojlanishini oz oldiga maqsad qilib qoydi va ozbek modeli degan oziga xos yolni tanladi.Bu model 5 ta tamoyildan iborat.
: Bu yol rivojlanish yoli bolib, u inqilobiy tarzda emas, tadrijiy , yani bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ozbek modelining asoschisi respublikamiz Prezidenti Islom Karimovdir.Bu modelning boshqa milliy modellardan farqi shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng manodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.
Hur Ozbekiston bir jonu bir tan,
Tutgandan beri Istiqlol yolin.
Ulug yolboshchi kashf etib bergan,
Gullab osishning ozbek usulin.

Bizga xush yoqar ozimizga xos,
Ozimizga mos shaklu shamoyil.
Kelajak sari yolimizni soz,
Yoritib turar 5 ta tamoyil.





2-guruh topshirigi : Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
1- tamoyil. Iqtisodning siyosatdan ustunligi.
Donolar sinab marifat kuchin,
Hayotning duri kalom deganlar.
Lekin durlarni yaratish uchun,
Salomdan oldin taom deganlar.

Yani iqtisod etakchi bolib,
Siyosatlardan ustun turadi.
Osishi uchun u kuchga tolib,
Mafkuralardan xoli yuradi.
3- guruh topshirigi :
Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
2- tamoyil. Davlat- bosh islohatchi.
Islohat ozi kamolot tomon,
Yangilanishu ozgarish degan.
Yashnayotgan yurt gamini har on,
Har doim uning davlati yegan

Ozgarishlardan kongil tolsin deb,
Ishning boshida davlat turadi.
Yangi rejalar puxta bolsin deb,
Davlat tuzadi, davlat quradi.
4- guruh topshirigi :
Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
3- tamoyil. Jamiyat hayotining barcha sohalarida Qonun ustivordir.
Haq-huquqimiz himoyasida,
Turgan asosiy Qonunimiz bor.
Hayotimizning har sohasida,
Qonun poydevor, qonun ustivor.

Ilk vazifamiz yaxshi bilishdir,
Fuqarolikning birinchi burchin.
Yani ogishmay hurmat qilishdir,
Qonunning hukmin, Qonunning kuchin.

5- guruh topshirigi :
Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
4- tamoyil. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Otish davri bu kopga kelgan toy,
Hademay tugab qolishi kerak.
Lekin bu toydan har qishloq, har uy,
Oz ulushini olishi kerak.

Qariyalarni, yosh bolalarni,
Himoya qilish- hukumat ishi,
Oylik tushumi kam oilalarni,
Qollab turar har davlatli kishi.

6- guruh topshirigi :
Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
5- tamoyil : Bozor iqtisodiyotiga iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich otish.
Boshqa fanlarda bolgani kabi,
Iqtisodning ham oz qoidasi bor.
Katta bozorning katta talabi,
Oz harajati, oz foydasi bor.

Shu qonunlarni olmay nazarga,
Topish qiyindir sirlarga ochqich.
Barchasini puxta oylab bozorga,
Otish kerakdir bosqichma-bosqich.

6- guruh topshirigi :
Sherni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali oqib bering
Ey , yurt kelajagi, ey, soglom avlod,
Kelajak egasi, muhandis,ustod.
Sen axir bolguvchi shoir va olim,
Shuning-chun oqigin, organgin bilim.

Dunyoga taratgin ozbekning nomin,
Oygacha etkazgin ozbek salomin.
Ozingni korsatgin mehnat, gayratda,
Sen dunyo ahlini qoldir hayratda.

Oqituvchi oquvchilarning chiqishlarini ragbatlantirib, umumiy baholar elon qilinadi.

Qoshiq eshittiriladi. ( Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova ijrosida. Yagonamsan, Vatan)



Dars xulosalanadi . Oqituvchi :
Dunyolar ichida ozing bir dunyo,
Qoyningda yursam ham goho sir dunyo,
Onam deymi seni, singlim deymi yo,
Qadr-qimmatim,tayanchim va iftixorimsan,
Mustaqil Ozbekiston !
Uyga vazifa : : Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Ozbekiston ! mavzusida matn yaratish. dle 10.3 forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
| | |
Maxfiy kodni yozing: *