» » “Muazzam,Munavvar,Mo`tabar.”
Информация к новости
  • Ko'rildi: 1168
  • Muallif: admin
  • Sana: 10-05-2016, 11:18
10-05-2016, 11:18

“Muazzam,Munavvar,Mo`tabar.”

Bo'lim: DARS ISHLANMALAR

Xotira –abadiy,qadr-muqaddas,
Bu ikki kalomni unutmasang bas.
Mehru oqibatning egiz farzandi,
Xotira va qadr-biz uchun aziz.

Oyoqlar ostidagi bu sara tuproq,
Insonlarga quvvat beruvchi kuchdir.
Marhumlarni eslab tilovat qilmoq,
Biz farzandlar uchun muqaddas burchdir.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum qadrli mehmonlar,ota-onalar,mehribon ustozlar va o`quvchilar.
Mana bugun siz bilan 9- may Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Muazzam,Munavvar,Mo`tabar."nomli bayram tadbirimizga xush kelibsizlar.
2-boshlovchi: Tadbirimizni ushbu so`zlar bilan boshlamoqchimiz: (slaydda ko`rsatiladi)
Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar,mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi,erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib,behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.
I. Karimov
Biz yoshlarning oldimizda turgan asosiy maqsadlarimizdan biri –o`z tariximizni o`rganishdir . Agar buyuk tariximizga nazar solsak,1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi davrida o`zbekning mard o`g` ona vatan uchun, oila-farzandlar uchun jonini fdido qilib janglarga kirishganliklari yodimizga tushadi.

1-boshlovchi: Hammamizga ma`lumki,ikkinchi jahon urushida fashist bosqinchilariga qarshi janglarda mardlarcha halok bo`lgan, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O`zbekistonning barcha o`g`lonlari xotirasini abadiylashtirishni nazarda tutgan holda muhtaram prezidentimiz I.A.Karimovning 1999 yil 12 – maydagi farmoyishiga asosan “Xotira va Qadrlash kuni” mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.
2-boshlovchi: Shu munavvar kunlarda urush qatnashchilari,mehnat faxriylari keksa otaxonu onaxonlarimiz poytaxtimizning qoq markazida joylashgan muazzam Xotira maydoniga tashrif buyurishadi.Ular bir-birlarini qutlug` ayom –Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etishadi,dillashadilar,o`tganlarni yodga olishadi.
1-boshlovchi: Diyorimiz o`zining fidoiy,vatanparvar,har qanday yovuz kuchlarni yenga oladigan,opa -si ngillari-yu aka –ukalarining yonini oladigan jasur o`glonlari bilan faxrlansa bo`ladi. Mana bugun biz hamdalilimiz sifatida ularni bugungi tadbirimizga taklif etganmiz va ularning tashriflaridan behad minnaddormiz.
O`quvchilar ularni qutlashadilar va tinchlik haqida qo`shiq kuylanadi.
Istiqlol tufayli mamlakatimizda amalda oshirilga ishlar haqida so`zlashadi.
2-o`quvchi: Tinchlik-bu muborak so`z,muqaddas kalom.Baxtimiz
shundaki,muqaddas zaminimizda osoyishtalik hukm surmoqda .Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach azaliy qadriyatlarimiz ko`plab bayramlarimiz nishonlana boshladi.Shu jumladan bugungi tahtanamiz ham.
1-o`quvchi: 1941-1945 yillarda olib borilgan qonli urushida frontga ketib ona yurtiga qaytib kelmay ,mardlarcha halok bo`lgan yurtdoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999-yil 9 may kuni poytaxtimizda “ Xotira maydoni”majmuasi ochildi.

3-o`quvchi “Xotira maydoni ustunlari” she`ri
-Bunda necha avlodning sog`inchlari bor.
-Bunda nomlar jimirlatar jon bilan tanni.
Ustunlar ham Xotiraning o`ziday poydor,
Ko`tarib turgandayin ulug` Vatanni.
4-o`quvchi: Urushdan qaytmagan 450 mingga yaqin yurtdoshlarimizning nomi zarhal harflar bilan “Xotira kitobi”ga bitilgan.
5-o`quvchi: Xotira maydonidagi ”Motamsaro ona “haykali esa har kuni odamlar bilan gavjum.O`z farzandini qonli urushga kuzatib, intizor bo`lib kutgan
munis ayolning g`amgimn qiyofasida urushning barcha dahshatlari aks ettirilganligini ko`ramiz,his etamiz va hozirgi kun tinchligiga hamdu sanolar aytib,uning qadriga yetamiz.

1-boshlovchi : Haqiqatdan ham yurtimizda inson xotirasi,qadr qimmati ulug`lanadi,aziz hisoblanadi.Biz ulug` ajdodlarimizni ,ota-bobolarimizni ,fidoiy yurtdoshlarimizni doimo hurmat bilan tilga olamiz.(she`r)
Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor. Muhammad Yusuf
Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor.
O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,
Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor.

Yurtim,ko`nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig`latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho`lponlaring bor.

Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsanku,og`ir olma so`zimni.
Qayinbarglar yopib qaro ko`zimni,
Olialarda qolgan Usmonlaring bor.

Qurboning bo`lay ,ey onajonim,
Sening faryodlarini –mening fig`onim.
O`tmishingni o`ylab o`rtanar jonim,
Aytsam ado bo`lmas armonlaring bor.
Kichik sahna ko`rinishi namoyish etiladi.Bolalar suhbati.
1- bola :Dadamning aytishlaricha ,mening bobom ham yrush qatnashchilari bo`lgan ekanlar.Urush boshlanganda bobomlar hali yosh bo`lganliklari uchun ularni urushga 1943-yili olib ketishgan ekan.Yrushda bobom bir oyoqlaridan o`q yeb,ikki oy mobaynida gospitalda davolangan va qaytadan yana jahgga kirgan ekanlar.Urush tugagach ona vataniga qaytadilar,ammo o`q tekkan oyoqlari bobomlarga ancha azob bergan ekan.Men bobomlarning azod va obod kelajagi uchun kurashganlaridan faxrlanaman.
2- bola: Bobom doimo urush kechinmalarini eslab dadam ga ,menga va hali uncha katta bo`lmagan ukamlarga shunday deydilar: -“Yoshlikda qalbimiz orzu umidlarga to`la edi.Yrush degan baloyi azim barchasini sarobga aylantirdi. Minglab sinfdoshlarim – yosh yiditlarning umri xazon bo`ldi. U davrlarni eslash menga juda og`ir.Shuning uchun bugungi dorilamon kunlarning qadriga yetaylik.” Bobomning so`zlarini doimo edimda tutaman.
3- bola: Bobojonim bilan suhbatlashish men uchun sharaf.Ularning nuroniy chehralari,qadoq qo`llari menga yrush yillarini eslatadi.Chunki mening bobojonim ham yrush qatnashchilari.Hozirgi kunda urushda bo`lgan jang-u jadallar haqida bobojonimning o`zlaridan eshitamiz. Bugun esa bobojonim tadbirimiz mehmoni.Siz ham ulardan urush tafsilotlarini o`z og`izlaridan eshitishga muyassar bo`lasiz.
Davraga aziz mehmon taklif etiladi va u inconning urush yillaridagi kechinmalari, urush tafsilotlari tinglanadi.Tadbir qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.Qiziqarli suhbati uchun minnaddorchilik bildiriladi.Tadbirga mehmon bo`lib kelgan ishtirokchilarga ham so`z beriladi.

1-boshlovchi: Inson chindan ham ulug` nomga sazovor bo`lsa,u o`z qadriga yetish bilan birga o`zgalar qadrini ham baland tutib,odamiylik burchini to`g`ri ado etadi.Anashu insoniylik burchlardan biri o`tganlar ruhini shod etiib,ular xotirasi,qadr-qimmatini o`z joyiga qo`yishdir.
2- boshlovchi: O`tganlarni xotirlash,ularning chirog`ini doimo yoqib turish nafaqat o`sha oramizda yo`q kishilarning izzatini joyiga qo`yishni,balkii kishining o`z-o`ziga bo`lgan qimmatini ham ahglatadi.
1-boshlovchi: Kimda-kim o`tganlarni xotirlasa,ular haqqiga duolar qilsa-shu qalbi poklikdir.Pok qalblarda esa xotira chirog`I mangu so`nmaydi.Ilohim hammamizning qalbimizda xotira chirog`I mangu so`nmasin.
1-boshlovchi: Mana, azizlar,Bugungi “Xotira muqaddas” nomli tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetmoqda.Biz bugun xotirlaganlarning ruhlari shod bo`lsin! Barchangizga yaxshi tilaklar yor bo`lsin!
2-boshlovchi: boshlovchi:Inson qadri ulug`langan yurtimizda har bir kishi aziz va mo`tabardir. Bugungi farovon turmush,xonadonlarimizdagi fayzu tarovat,osoyishtalikning o`zi bebaho inoyatdir.
1-boshlovchi: Barchangizga sog`lik,uzoq umr tilaymiz.Jannat deb atalmish yurtimizda tinchlik,barqarorlik davom etaversin.O`tganlarni doimo xotirlaylik,tiriklarni esa doimo qadrlaylik.

Tinchlik kerak bizlarga. (Raim Farhodiy)
Doim qushlar sayrasin quvnoq,
Chaman bo`lib yashnasin gulbog`.
Yer yuzida barcha arg`imchoq ,
Sho`h yalansin bo`lib vaqti chog`.

Tongda turib orziqib shodon,
Shoshilaylik do`stimiz tomon.
Do`stlar ila g`ururga to`lib,
Ona yurtni xo`p yaxshi ko`rib.

Bolajonlar qilsin tabassum, Dilorom Shukurova
Ko`kni tutun bosmasin bir zum. Toshkent shahar,Uchtepa tumanidagi
Shu zaamonda go`zal beg`ubor 81-umumta`lim maktabi
Tinchlik so`zi bo`lsin barqaror. boshlang`ich sinf o`qituvchisi,
“Xalq maorifi a`lochisi”,”Shuhrat” medali sohibiскачать шаблоны для dle 10.3Финансовый портал как заработать на forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.

Добавление комментария

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Maxfiy kodni yozing: *