» » "Yagonasan muqaddas Vatanim, sevgi sadoqatim senga bahshida, go'zal Ozbekistonim!"
Информация к новости
  • Ko'rildi: 1393
  • Muallif: admin
  • Sana: 15-01-2015, 14:27
15-01-2015, 14:27

"Yagonasan muqaddas Vatanim, sevgi sadoqatim senga bahshida, go'zal Ozbekistonim!"

Bo'lim: DARS ISHLANMALAR

Darsning jihozi:
Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa
O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa
Uyga vazifa 5 daqiqa
Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa

Darsning borishi:
Mustaqillik, avvalo, millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog`liq barcha masalalarni o`zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
Mamlakat hayotida yuz berayotgan o`zgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarga bo`lib tahlil etish mumkin.
Siyosiy jihatdan O`zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko`rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o`rinni egalladi. O`z ovoziga, o`ziga xos mavqeiga ega bo`ldi.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo`ldi. O`z tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrog`iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo`ldi.
Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g`alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo`lsa, endilikda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi.

1.Tashkiliy qism:
2. O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar.
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir.
Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.
Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.
Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.
Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.
7- savol. "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda tutiladi?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.
O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.
Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda : “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish mumkin.
скачать шаблоны для dle 10.3Финансовый портал как заработать на forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.
<
Jonathan

25 июня 2015 14:47

Информация к комментарию
  • Gruppa: Гости
  • Ro'yxatdan o'tgan, yoki: --
  • Holati:
  • Ishga tushgan yangiliklar: 0
  • Izohlar: 0
R_M_Forever ning izohi:19.08.2013 da 11:17Химояда Пепе билан Рамос довдираб ётишибди, ёрдамга келиш йук. Олдинда Роналду бошчилигида хаммаси кайф киб ётишибди. Агар Моур пайтида шунака уйнашса, оркага кайтишмаса, хаммасини терисини шилиб сомон тикарди..To`ri o`rto kecha o`yin unchalik o`xshamadi, hmiyoa rostdan ham juda bo`sh o`ynadi lekin Siz aytganchalik emas. Birinchidan ikkala murabbiyning taktikasi boshqacharoq. Esizda bo`sa CriRo hmiyoaga qaytishi shart emas, u bizga hujumda foyda keltiradi degandi Carlo ota. Undan tashqari agar kecha o`yinni ko`rgan bo`sez birgina Ronnyni oladigan bo`lsak, aynan Ronalduning noaniq to`p uzatishi go`yoki Realga darvozasiga hujum boshlanishiga sabab bo`lgandek vaziyatda zambarak o`z xatosini chungan holda, ortga qaytib raqib o`yinchisidan to`pni olib qo`yib, hmiyoadagi jamoadoshlariga berib o`zi yana hujumga qarab yugurib ketdi.

Добавление комментария

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Maxfiy kodni yozing: *