» » Saylov kampaniyasi boshlanishi e'lon qilindi
  • Ko'rildi: 1278
  • Muallif: admin
  • Sana: 29-11-2014, 18:12
29-11-2014, 18:12

Saylov kampaniyasi boshlanishi e'lon qilindi

Bo'lim: Asosiy

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi va Ozbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi togrisidagi Konstitutsiyaviy qonuni 1-moddasiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar 2014 yil 21 dekabrda otkaziladi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni saylov qonunchiligiga, umume'tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarga toliq muvofiq holda otkazilishini ta'minlash, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqarolarga davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishda zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boyicha saylov kampaniyasi 2014 yil 15 sentyabrdan boshlanishini e'lon qildi.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida tegishli qaror qabul qilindi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi har bir saylov okrugiga togri keladigan saylovchilar normasi ortacha 154 ming saylovchi hisobidan belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2014 yil 27 sentyabrga qadar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi saylov okruglarini tuzish boyicha Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnomalar kiritishi lozim.

Saylov qonunchiligi talablariga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi 135 ta saylov okruglari, ularning chegaralari hamda saylovchilar soni korsatilgan royxati 2014 yil 7 oktyabrga qadar matbuotda e'lon qilinadi.

Shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 2014 yil 2 oktyabrga qadar Markaziy saylov komissiyasiga Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi 2014 yil 12 oktyabrga qadar taqdim etilgan tavsiyalarga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyalari 2014 yil 22 oktyabrga qadar saylov uchastkalarini va 2014 yil 11 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarini tuzishi belgilandi.

Tuman, shahar hokimliklari, shuningdek xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi tegishli okrug saylov komissiyalariga 2014 yil 12 oktyabrga qadar saylov uchastkalarini tuzish boyicha taqdimnomalar kiritishlari va 2014 yil 1 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etishlari lozim.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritishi lozim.

Davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar bir kunda otkazilishini inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda tuziladigan saylov uchastkalari va uchastka saylov komissiyalari Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar uchun yagona hisoblanadi.
Siyosiy partiyalar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 12 oktyabrga qadar taqdim etadi.

Siyosiy partiyalar tomonidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar korsatish 2014 yil 17 oktyabrida boshlanadi va 2014 yil 6 noyabrda tugaydi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni royxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 2014 yil 9 noyabrda toxtatiladi, nomzodlarni royxatga olish esa 2014 yil 16 noyabrda tugaydi.

Shuningdek, manfaatdor tashkilotlar oz kuzatuvchilari togrisida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyalariga 2014 yil 6 dekabrga qadar ma'lum qilishlari lozim.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan uchastka saylov komissiyalari:

- saylovchilar royxatlarini hamma tanishib chiqishi uchun 2014 yil 6 dekabrga qadar, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bolgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa 2014 yil 14 dekabrga qadar taqdim qilishi;

- saylovchilar royxati bilan tanishish joyi hamda vaqti togrisida saylovchilar oz vaqtida xabardor qilinishini ta'minlashi;

- 2014 yil 11 dekabrga qadar saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi togrisida xabardor etishi;

- 2014 yil 11 dekabrdan 19 dekabrga qadar muddatidan oldin ovoz berishni otkazishi ma'lumot uchun qabul qilindi.


Ozbekiston Respublikasi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonuniga muvofiq saylov jarayoni ishtirokchilarining e'tibori:

- saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar royxatga olingan kundan e'tiboran boshlanishiga va 2014 yil 19 dekabrda tugashiga, saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yol qoyilmasligiga;

- ovoz berish 2014 yil 21 dekabrda soat 6 dan soat 20 gacha otkazilishiga qaratilishi lozim.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunining 471-moddasiga muvofiq Ozbekiston ekologik harakatidan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boyicha Ozbekiston ekologik harakatining Konferensiyasi belgilangan tartibda 2014 yil 21 dekabrda otkazishi belgilandi.

Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan:

- uchastka saylov komissiyalari 2014 yil 21 dekabrda ovoz berish tugagach, ovoz berish yakunlarini chiqarishga kirishishi, komissiya majlisida korib chiqish natijalari boyicha bayonnoma tuzishi va uni belgilangan tartibda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etishi, saylov qonunchiligi talablariga muvofiq, bayonnoma uchastka saylov komisiyasining raisi yoki rais orinbosari tomonidan oqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning kochirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bolmagan muddatga osib qoyilishi;

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida saylov okrugi boyicha saylov natijalarini aniqlashi lozim va Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 25 dekabrga qadar belgilangan tartibda bayonnomani taqdim etishi ham belgilandi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga otkazilgan saylov yakunlari togrisidagi axborot hamda saylangan deputatlarning royxati 2014 yilning 31 dekabrga qadar matbuotda e'lon qilinadi.

Agar saylov okrugi boyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoyilgan bolsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, 2015 yil 4 yanvarga qadar okrug saylov komissiyasi okrugda takroriy ovoz berishni otkazish haqida qaror qabul qiladi.

Saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, joylarda tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylov togrisidagi qonunlarga, Markaziy saylov komissiyasining 2014 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tadbirlar Dasturi qoidalariga qat'iy rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Saylov kampaniyasini otkazishda Markaziy saylov komissiyasi asosiy tashkilotchisi hisoblanadi. Hyech kim, saylov jarayoniga aralashishi mumkin emas. Avvalambor, markazdagi va joylardagi davlat hokimiyati organlari saylov kampaniyasi jarayoniga aralashish, qonunchilik talablarini chetlab otish, buzish maqsadida qilingan har qanday urinishlar, aniqlangan homiylik holatlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar koriladi va aybdorlar jazolanadi.

Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati dle 10.3 forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.
<
Jessica

25 2015 17:00

  • Gruppa:
  • Ro'yxatdan o'tgan, yoki: --
  • Holati:
  • Ishga tushgan yangiliklar: 0
  • Izohlar: 0
Um detalhe que tlvaez tenha piada: na vigencia do Terceiro Reich, o tal de mil anos que sf3 durou 12,surgiram diversas obras, em geral estimuladas pelo dr. Goebbels ou por um mais marado ainda,o Darre9, que encenavam o fuehrer como enviado dos Grandes Antigos, como especial da Rae7a, o diabo a sete. Claro que foi tudo de pantanas, nem as armas miraculosas e secretas lhe safaram o canastro. Com o Aminadejhad e pandilha vai ser o mesmo. Os tipos da ICAR tambe9m se3o peritos em arranjar hagiografias a contento. Os da Opus ente3o nem se fala. Medsticos de...pacotilha.Tratar-se-e1 deles com o saude1vel reme9dio do realismo bem real.

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
| | |
Maxfiy kodni yozing: *