» » Innovatsiyaviy pedagogik loyihasi.
  • Ko'rildi: 710
  • Muallif: admin
  • Sana: 12-04-2016, 10:09
12-04-2016, 10:09

Innovatsiyaviy pedagogik loyihasi.

Bo'lim: TA'LIM JARAYONI

Mustaqillik yillarida yurtboshimiz rahnomaligida ta`lim tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biriga aylandi.

Buning uchun davlat umummilliy dasturlari doirasida barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, maktablarning yangidan qurilishi, rekonstruksiya qilindi va mukammal ta`mirlandi.

Bola maktaga qadam qo`ygan birinchi kundan boshlaboq unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg`otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sevimli o`yinlaridan foydalanish ayni muddao.

O`yinlar hayotdagi to`siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ruyobga chiqarish bilan bog`liq bo`lgan jismoniy mashqlarning turli xillarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari bolalar sevib o`ynaydigan ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli o`yinlarga kiradi.

O`quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o`ynar ekan , bu hodisa va harakatlarning ma`nosini anglab boradi, asta sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga o`rganadi, harakt ko`nikmalari hosil bo`ladi va tasavvuri tobora boyib boradi.

Bundan tashqari o`yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo`lishi uchungina emas balki aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun muhum ahamiyatga ega. Ko`p kishi bo`lib o`ynaladigan o`yinlarda bolalar maqsadga erishish uchun farosatini va tadbirkorligi, qat`iyatini ko`rsatishish, jamoat oldida faqat o`zining emas, balki o`rtoqlarining xatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezadigan bo`lishi kerak.

Ta`lim tarbiya jarayonida o`quvchilarda axloq normalarining tarkib topishiga estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarining ham bajarilishiga erishish lozim.

O`qituvchi o`yinni o`tkazishga kirishdan oldin o`yinning aniq vazifalarni belgilab chiqadi. Bu vazifalar bolalarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarligiga yarasha, ya`ni ularni bajarishga qurbi yetadigan darajadagi o`yinlar tanlab olingan bo`lishi kerak.
O`yinni tashkil qilish va o`tkazishda imkoni boricha o`quvchilarning tashabbuskor bo`lishi, faol ishtirok etishi uchun ularni rag`batlantirish juda muhim.
Bolalar ijodiy faollik ko`rsatib o`yin o`ynar ekanlar, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lib tarbiyalanadilar. Bir maqsad yo`lida o`rtag`iga yordam berish , mustaqil ravishda yoki o`rtoqlari bilan birga biror masala yuzasidan qaror qabul qilish ijodiy tashabbuskorlik namunasi hisoblanadi. Agar o`yinni bolalar ilgariroq o`zlashtirib olgan bo`lsalar, o`yin paytida ularning faolligi yana han ortishi mumkin. O`yin paytida bolalarning faol bo`lishi o`qituvchining o`yinni o`tkazishga qanchalik tayyorlanganligiga bog`liq bo`ladi. Juda oson yoki haddan tashqari og`ir o`yinlar ham bolalar uchun qiziqarli bo`lmay qoladi.

O`qituvchi bolalar o`yinini doimiy tekshirib borishi lozim. Shunda o`yindagi kamchiliklar va xatolarni aniqlash hamda ularni o`z vaqtida to`g`irlash mumkin bo`ladi.

Men jismoniy tarbiya fani darslarida milliy qadriyatlarga tayangan holda darslarni tashkil etishga harakat qilaman. Jumladan, har bir dars mavzusiga mos keladigan milliy harakatli o`yinlardan foydalanib dars tashkil qilish o`zimda ham bolalarda ham zo`r ishtiyoq va qiziqish uyg`otadi. Chunki milliy harakatli o`yinlar bolalarda vatanga muhabbat, uzaro hurmat, jismoniy tayyorgarliklarini oshirishda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, jamoaviy bo`lib ishlashda, bir-biriga yordam birishda, do`stlik, raqibga hurmat yuzasidan harakat qilishga o`rgatadi. Bundan tashqari milliy harakatli o`yinlar bolalarning fiziologik rivojlanishida, nafas olish tizimining yaxshilanishida, tayanch harakat apparatining mustahkam rivojlanishida, mushuklarning mustahkam bo`lishida katta ahamiyatga ega. Masalan mindi o`yini umurtqa pog`onasi va sakrovchanlik jismoniy sifatini rivojlantirsa, buron, to`pni doiradan chiqar o`yinlari jamoaviy bo`lib harakat qilishga o`rgatadi. Milliy harakatli o`yinlarning yana bir mohiyati shundan iboratki, halollikga, mardlikka, oriyat uchun kurashishga o`rgatadi.

Bizga ma`lumki Kurash sport turi qadimgi davrda ham yaqin o`tgan yillarda ham kurash o`yini sifatida kurashilib kelingan. Bunda ikki kurashchi o`rtasida kechadigan jarayon o`rtaga qo`yilgan yutuq, tovoq uchun emas balki, yigitlik oriyati, g`urur uchun kurashilgan.

Jismoniy tarbiya fani darslarida faqat milliy harakatli o`inlar emas balki milliy kiyimlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Agar biz qiyiqchani oladigan bo`lsak, oddiy bir qiyiqcha deb qaraladigan buyumday qaraladi. Darsda yoki darsdan tashqarida bolalar o`rtasida tashkil etilib o`ynaladigan o`yinlarda qiyiqchani bolalar ham beliga taqishadi ham jihoz sifatida foydalanadi.
Buron milliy harakatli o`yini.
Buron milliy harakatli o`yinida o`yinchi qatnashuvchilar ikki jamoaga bo`linishadi. Maydonning ikki tomoniga ikkita doira hosil qilinadi. Doira ko`rinib turadigan oq rangdagi buyoqdan foydalaniladi. Qiyiqchadan yasalgan tugun o`rtaga qo`yiladi va o`yin boshqaruvchining ishorasi bilan o`yin boshlanadi. Ikki jamoadagi o`yinchilar o`rtadagi tuguncha tomon yugurib kelishadi, tugunchani birinchi bo`lib olgan jamoa o`yinni davom etttirib ketaveradi. Tugunchani bir-biriga oshirib raqibning belgilangan doirasiga qo`yigandagina ochko biriladi. Tugunchani doiraga otib yuborilmaydi balki qo`l bilan doiraning ichiga qo`ygandagina bir ochko olgan hisoblanadi va o`yin yana davom ettirilib ketaveradi.

Qo`l to`pi sport turiga esa lafta o`yini, To`pni doiradan chiqar o`yinlari qo`l to`pi o`yini mavzulari qo`yilgan darslarda foydalanish mumkin.

Milliy harakatli o`yinlarni o`ynaganda milliy matolardan tana organzmiga harakat faoliyatiga qulya qilib tikilgan kiyimlardan foydalanib o`yinni tashkil qilish bolalarga ham zavq bag`ishlaydi. Chunki milliy yaktak, milliy qiyiqchalarimiz bolalar o`rtasida milliy g`urur hissini uyg`otadi. (Belida belbog`i bor degan havasni yuragiga tugadi.)

Milliy harakatli oyinlar treningi.
Trening maqsadi:
Oquvchilarni milliy harakatli oyinlar turlari bilan tanishtirish;
Oyin tashkil qilish va otkazish uslubini korsatish;
Oyinning tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish;
Jamoa bolib harakatli oyinlarni tashkil etishni shakillantirish;
Treningda kutiladigan natija:

Oquvchilar milliy harakatli oyinlar haqida malumotga ega boladi. Sport turlari hamda xalq qadriyatlariga daxldor bolish xissi shakillanadi, bolalarning bosh vaqtlari mazmunli qamrab olinadi.
Mashgulotni otkazish tarkibi:

Murabbiy oyinni otkazishga kirishishdan oldin, uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi. Ularning bajarishga qurbi yetadigan bolishi maqsadga muofiqdir. Shahar-shahar oyini- bu oyin 10-13 yoshdagi bolalar oyinidir. Bolalar yerni doira shaklida chizishib ozlariga uycha qurib oladilar. Har bir bola oziga ot qoyadi. Masalan, Fargona, Qarshi, Toshkent va hokazo. Doiraning ichida ham bir uycha boladi. Bolalar oz uychalariga kirishadi. Bolalardan biri ortadagi uychaga kirib turib, biron shahsrning nomini aytib qochadi. Nomi aytilgan Shahar tezda ortadagi uychaga kirib Toxta! deydi. Qochib borayotgan bolalar birdan toxtashadi. Toxta! degan bola birorta bolaga qarab uch qadam sanab boradi. Agarda u bolaning oldiga yetib borsa uning uychasini egallaydi. Uysiz qolgan bola ortaga tushadi. Agar yetmasa uyda qoladi. Oyin yana boshidan boshlanadi.

Oquvchilarga orgatiladigan bunday harakatli oyinlar oz ichiga sport elementlarini qamrab olgan. 5-9 sinflarda harakatli oyinlar darsning ikkinchi uchinchi qismlarida otkazilgani maqul. Bundan maqsad oquvchilarni sport oyinlariga tayyorlashdir.

Jismoniy tarbiya darslari kopincha turli oyinlardan tashkil topadi. Masalan, basketbol, voleybol,qol topi va futbol.
Malumki harakatli oyinlarda bolalar guruhlarga bolinadi. Ogil bolalar ogil bolalar bilan, qiz bolalar qizlar bilan guruhlashishga intilishadi. Murabbiy esa oyinga salbiy tasir qilmasligi uchun kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, ogil bolalarni qizlar bilan guruh-guruh qilish maqsadga muofiqdir.

Bugungi kunimiz kundan- kunga shiddat bilan jadallashib borayotgan bir davrda zamonaviy Axborot Kommunikatsion Texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil qilish bugungi kunning talabi va bir narsa

Axborot kammunikatsion texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etish zamon talabidir, mazkur elektron slayd jismoniy tarbiya fani oqituvchilariga AKTdan foydalanishlariga yordam beradi, slaydda elektron darslik hamda jihozlardan foydalanish boyicha tavsiyalar berilgan.

Jismoniy tarbiya darslarining barchasida emas gimnastika, kurash darslarida AKT dan foydalanib dars tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning ikkita qulaylik tomoni bor.
1. Gimnastika va kurash sport turlarining mavzulari qo`yilgan jismoniy tarbiya darslarida o`quvchilar qo`llanadigan usullarni, harakatlarni ekranda kompyuterda ko`rsa ko`rsatmalilik usulidan foydalangan hisoblanib, tushuntirib tasavvur uyg`otgandan ko`ra, o`quvchilar o`z ko`zlari bilan ko`rib tasavvur hosil qilishi va ushbu usulni yoki elementni o`zlashtirishi oson bo`ladi.

2. Kurash va gimnastika sport turlari mavzalari qo`yilgan darslarni tashkil qilishda texnik jihozlardan foydalanish qo`lay bolganligi uchun AKT dan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.





81-maktab oqituvchisi: Hamroyeva Rohila
dle 10.3 forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
| | |
Maxfiy kodni yozing: *