» » Mening bobom va buvim-qahramon
  • Ko'rildi: 405
  • Muallif: admin
  • Sana: 12-05-2017, 11:40
12-05-2017, 11:40

Mening bobom va buvim-qahramon

Bo'lim: TA'LIM JARAYONI

Mening bobom va buvim-qahramon
Reja:

1. Mahallaning yuragida keksalarning ochmas izi.
2. Bobom va buvimning yuzlari-yu kozlarida mehr ifori.
3. Xotira muqaddas, qadrlash savobdir.
4. Keksalari ezozlangan yurt zavol kormagay.

Inson qadri ulug, xotirasi boqiydir.
(IslomKarimov)
Hayot - ozi mojiza. U insonga inom etilgan buyuk nemat. Inson uni qadrlab, barcha imkoniyatlaridan foydalanib, zavq-shavqqa tolib yashashi joizdir. Bazida inson qalbini shunday ajib tuygular chulgab oladiki, bumojizakor his-tuygular barcha hayot tashvishlarini yoddan chiqarishga undaydi. Goho esa soatning chiqillashi-yu, uning toxtovsiz harakatlanishi, bir soz bilan aytganda, vaqtning daryo kabi tezlik bilan oqib ketishi insonni dahshatga soladi. Goyo inson bugun barhayot-u, ertaga qora tuproqqa qoshilib ketayotgandek. Bugun, faqat bugungina, barcha ishlarni kongildagidek nihoyasiga yetkazib olish lozim. Ha, hayotda shunday insonlar boladiki, umr boyi mehnat qilib charchashmaydi, keksayganda ham ezoz-u hurmatga sazovor bolishadi. Shunday kishilarni hurmat qilish, ularga yordam berish biz yoshlar uchun ham farz, ham qarzdir.
Birinchi Prezidentimiz: Har qaysi xalq millatidan qatI nazar, qariyalarni qadrlash, ezozlash, nuroniylarga mehr korsatish, ularga chin dildan yordam berishga majburdirlar. Zero, qariyalari mavjud va baxtli davlat ozod va obod bolgay. Shunda davlatdan fayz-baraka arimagay. Shundagina bunday yurt tinch va osoyishta bolishi xalqqa namoyon bolgay,-deya takidlagan edilar. Keksalarni qadrlash nafaqat biz yoshlarning, balki Vatanning bir bolagi hisoblanmish butun mahalla ahlining sof burchidir. Shuni tan olishimiz kerakki, keksalarsiz mahalla barpo etib bolmaydi. Bir hikmatbor: Qarisi bor uyning parisi bordir. Demak, qarisi bor mahallada fayz-baraka, tinchlik, osoyishtalik hukm suradi. Buning sababi nimada? Buning sababi yagonadir. Chunki, ular tinchlikning qadriga yetishadi. Shu bois Mahalla- yurt tayanchideyiladi. Bizning mahalla ham shahrimizda kozga koringan obroli mahallalardan biridir.
Mening bobom va buvim mahallamiz faxriylaridan. Ular menga har doim: Ozingdan kattani hurmat qil. Birovning yukini yengil qilmoq eng katta savobdir, - deya nasihat qiladilar. Ularning bu kabi nasihatlariga quloq tutar ekanman, beixtiyor yuzlariga tikilib qolaman. Yuzlarida hayot qiyinchiliklari, mashaqqatlari, ogir sinovlari tufayli paydo bolgan ajinlar-u doglar, shu bilan birga bugungi osoyishta hayotdan minnatdorlik belgilari, ozgacha tabassum, nur borligiga guvoh bolaman. Bobom ikkinchi jahon urushida qatnashib qahramon bolganlar. Bobom kopincha menga urush voqealari aks etgan hikoyalarni sozlab beradilar. Bunday ayanchli voqealar, yosh juvonlarning faryodlariyu nolalari, janglarning dahshatini eshitib yuragim orqaga tortib ketadi, tez-tez ura boshlaydi. Shukurki, hozirda biz bunday holatlardan holi, tinch, osoyishta yurtda osib kamol topyapmiz. Men faqat urushlarda mardonavor jang qilib, tirik qolganlarnigina qahramon deb oylamayman. Janglarda qatnashmagan bolsa ham oz kasbiga sodiq, fidoyi insonlarni ham haqiqiy qahramon degim keladi. Mening buvim ham ana shunday fidoyi insonlardandir. Ular ozkasbining ustasi, yetuk mutaxassisi, talim- tarbiya sohasida koplab jonbozliklar korsatgan ustoz, murabbiydirlar. Buvim yosh-avlodga talim-tarbiya berganlar. Ayni paytda nafaqada , keksalik gashtini surib otiribdilar. Hozirgacha buvimning oquvchilari har bayramda ularning oldilariga gul olib kelib turishadi va kopdan kop rahmatlar aytishadi. Shuni ishonch bilan aytaolamanki, bobomning ham, buvimning ham yurtga kop naïf tekkan. Bejizga halol, mashaqqatli mehnatlari evaziga mukofotlar berilmagan. Ularga havas qilib biz nabiralar ham mustaqil yurtimizga munosib farzand bolishga ahd qilganmiz. Buvim doimo: Sof va pok tilagingizga erishinglar, yurtimiz tinchligi yolida xizmat qilinglar - deb duo qiladilar.
Har yili 9-may Xotira va qadrlash bayrami xalqimizda keng miqyosda nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz boylab kopgina tadbirlar, namoyishlar bolib otdi. Bir guruh oquvchi yoshlar qollarida gullar bilan qariyalar xonadonlariga borib, ularning hollaridan xabar olishdi. Xususan, bobom va buvimlarni ham ana shunday xushboy, gozal atirgullar bilan korgani kelishdi. Oquvchilarning bu savobli ishidan bobom va buvimning quvonchlari cheksiz edi. Bobom oquvchi yoshlarni buvim yaratgan xushboy , gullar hidi ufurib turgan hovlining gulzor tomoniga boshladilar. Ha, buvim ham haqiqiy gozallik shaydosi. Hatto nafaqada bolsalar ham tinch turmaydilar. Hovlidagi biri-biridan chiroyli gullarning unib-osishida aynan buvimning katta hissalari bor. Mahallaning obodonlashtirishishlarida ham ozlari bosh-qosh boladilar. Ularni oilamizning farishtasi, desam mubolaga bolmaydi. Bobom buvimni va meni yonlariga olgan holda oquvchilarga hikoyalar sozlay boshladilar. Bobomning atroflarida otirgan oquvchi yoshlar ular sozlab bergan hikoyalarni maroq bilan tinglar ekanlar, koksilarini bezab turgan, yarqiragan medal va ordenlardan koz uzolmasdilar. Ularga havas bilan qarab turishardi. Men bobomning yonlarida turib, ana shunday mehnatkash, qahramon insonlar bagrida osib-ulgayib, kamol topayotganimdan, shunday kishilarning nabirasi ekanimdan ozgacha faxr, iftixor hislarini tuydim.
Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yolida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-etibor korsatish mamlakatimizda milliy qadriyat darajasiga kotarilganligi bizni juda quvontiradi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanib kelinayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ham ana shunday ezgu tamoyillari oz ifodasini topgan. Bu ayyomda bugungi tinch, osoyishta hayot, tokinlik va farovonlikka qanday ogir sinov hamda mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan otadi. Qancha janglarda qatnashgan qahramonlar hozir ham yonimizda, biz bilan birga umrguzaronlik qilmoqdalar. Galaba ishonchi-la mustaqillik shamolidan bahramand bolish bizlarga nasib etdi, mustaqillik atalmish nemat, tinchlik barqarorligiga yetishdik. Ayniqsa, qariya-yu keksa yoshdagi yurtdoshlarimiz bunday shart-sharoitlar yaratilganligidan quvonishadi, dillari quvonch, mamnunlik tuygulariga toladi. Shusababli bolsa kerak, qariyalar yosh avlodga ham yoshlikdan bularning qadriga yetishni uqtirishadi. Hozirgi paytda keksa avlod vakillarining konglini kotarish, salomatligini mustahkamlash, ular uchun qoshimcha qulayliklar yaratish davlatimizning doimiy etiborida. Tilagimiz shuki, qariyalar doimo baxtli, yurtimiz esa tinch va osoyishta bolsin. Zero, qariyalari qadr topgan, keksalari uluglangan yurt zavol kormagay. [medium=left]http://uchtepa81maktab.uz/uploads/posts/2017-05/1494571276 dle 10.3 forex
Hurmatli mehmon, Siz saytimizga ro'yxatdan o'tmaganlar qatoridasiz.
Biz sizga Ro'yxatdan o'tishni yoki sizga taqdim etilgan Login va Parol bilan saytga kirishingizni so'raymiz.

Ism:*
E-Mail:
Izoh:
| | |
Maxfiy kodni yozing: *