Asosiy > TA'LIM JARAYONI > Mening bobom va buvim-qahramon

Mening bobom va buvim-qahramon


12-05-2017, 11:40. Joylashtirdi: admin
Mening bobom va buvim-qahramon
Reja:

1. Mahallaning yuragida keksalarning o’chmas izi.
2. Bobom va buvimning yuzlari-yu ko’zlarida mehr ifori.
3. Xotira muqaddas, qadrlash savobdir.
4. Keksalari e’zozlangan yurt zavol ko’rmagay.

Inson qadri ulug’, xotirasi boqiydir.
(IslomKarimov)
Hayot - o’zi mo’jiza. U insonga in’om etilgan buyuk ne’mat. Inson uni qadrlab, barcha imkoniyatlaridan foydalanib, zavq-shavqqa to’lib yashashi joizdir. Ba’zida inson qalbini shunday ajib tuyg’ular chulg’ab oladiki, bumo’jizakor his-tuyg’ular barcha hayot tashvishlarini yoddan chiqarishga undaydi. Goho esa soatning chiqillashi-yu, uning to’xtovsiz harakatlanishi, bir so’z bilan aytganda, vaqtning daryo kabi tezlik bilan oqib ketishi insonni dahshatga soladi. Go’yo inson bugun barhayot-u, ertaga qora tuproqqa qo’shilib ketayotgandek. Bugun, faqat bugungina, barcha ishlarni ko’ngildagidek nihoyasiga yetkazib olish lozim. Ha, hayotda shunday insonlar bo’ladiki, umr bo’yi mehnat qilib charchashmaydi, keksayganda ham e’zoz-u hurmatga sazovor bo’lishadi. Shunday kishilarni hurmat qilish, ularga yordam berish biz yoshlar uchun ham farz, ham qarzdir.
Birinchi Prezidentimiz: “Har qaysi xalq millatidan qat’I nazar, qariyalarni qadrlash, e’zozlash, nuroniylarga mehr ko’rsatish, ularga chin dildan yordam berishga majburdirlar. Zero, qariyalari mavjud va baxtli davlat ozod va obod bo’lgay. Shunda davlatdan fayz-baraka arimagay. Shundagina bunday yurt tinch va osoyishta bo’lishi xalqqa namoyon bo’lgay”,-deya ta’kidlagan edilar. Keksalarni qadrlash nafaqat biz yoshlarning, balki Vatanning bir bo’lagi hisoblanmish butun mahalla ahlining sof burchidir. Shuni tan olishimiz kerakki, keksalarsiz mahalla barpo etib bo’lmaydi. Bir hikmatbor: “Qarisi bor uyning parisi bordir”. Demak, qarisi bor mahallada fayz-baraka, tinchlik, osoyishtalik hukm suradi. Buning sababi nimada? Buning sababi yagonadir. Chunki, ular tinchlikning qadriga yetishadi. Shu bois “Mahalla- yurt tayanchi”deyiladi. Bizning mahalla ham shahrimizda ko’zga ko’ringan obro’li mahallalardan biridir.
Mening bobom va buvim mahallamiz faxriylaridan. Ular menga har doim: “O’zingdan kattani hurmat qil. Birovning yukini yengil qilmoq eng katta savobdir”, - deya nasihat qiladilar. Ularning bu kabi nasihatlariga quloq tutar ekanman, beixtiyor yuzlariga tikilib qolaman. Yuzlarida hayot qiyinchiliklari, mashaqqatlari, og’ir sinovlari tufayli paydo bo’lgan ajinlar-u dog’lar, shu bilan birga bugungi osoyishta hayotdan minnatdorlik belgilari, o’zgacha tabassum, nur borligiga guvoh bo’laman. Bobom ikkinchi jahon urushida qatnashib qahramon bo’lganlar. Bobom ko’pincha menga urush voqealari aks etgan hikoyalarni so’zlab beradilar. Bunday ayanchli voqealar, yosh juvonlarning faryodlari–yu nolalari, janglarning dahshatini eshitib yuragim orqaga tortib ketadi, tez-tez ura boshlaydi. Shukurki, hozirda biz bunday holatlardan holi, tinch, osoyishta yurtda o’sib kamol topyapmiz. Men faqat urushlarda mardonavor jang qilib, tirik qolganlarnigina qahramon deb o’ylamayman. Janglarda qatnashmagan bo’lsa ham o’z kasbiga sodiq, fidoyi insonlarni ham haqiqiy qahramon degim keladi. Mening buvim ham ana shunday fidoyi insonlardandir. Ular o’zkasbining ustasi, yetuk mutaxassisi, ta’lim- tarbiya sohasida ko’plab jonbozliklar ko’rsatgan ustoz, murabbiydirlar. Buvim yosh-avlodga ta’lim-tarbiya berganlar. Ayni paytda nafaqada , keksalik gashtini surib o’tiribdilar. Hozirgacha buvimning o’quvchilari har bayramda ularning oldilariga gul olib kelib turishadi va ko’pdan ko’p rahmatlar aytishadi. Shuni ishonch bilan aytaolamanki, bobomning ham, buvimning ham yurtga ko’p naïf tekkan. Bejizga halol, mashaqqatli mehnatlari evaziga mukofotlar berilmagan. Ularga havas qilib biz nabiralar ham mustaqil yurtimizga munosib farzand bo’lishga ahd qilganmiz. Buvim doimo: “Sof va pok tilagingizga erishinglar, yurtimiz tinchligi yo’lida xizmat qilinglar” - deb duo qiladilar.
Har yili 9-may – Xotira va qadrlash bayrami xalqimizda keng miqyosda nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo’ylab ko’pgina tadbirlar, namoyishlar bo’lib o’tdi. Bir guruh o’quvchi yoshlar qo’llarida gullar bilan qariyalar xonadonlariga borib, ularning hollaridan xabar olishdi. Xususan, bobom va buvimlarni ham ana shunday xushbo’y, go’zal atirgullar bilan ko’rgani kelishdi. O’quvchilarning bu savobli ishidan bobom va buvimning quvonchlari cheksiz edi. Bobom o’quvchi yoshlarni buvim yaratgan xushbo’y , gullar hidi ufurib turgan hovlining gulzor tomoniga boshladilar. Ha, buvim ham haqiqiy go’zallik shaydosi. Hatto nafaqada bo’lsalar ham tinch turmaydilar. Hovlidagi biri-biridan chiroyli gullarning unib-o’sishida aynan buvimning katta hissalari bor. Mahallaning obodonlashtirishishlarida ham o‘zlari bosh-qosh bo’ladilar. Ularni oilamizning farishtasi, desam mubolag’a bo’lmaydi. Bobom buvimni va meni yonlariga olgan holda o’quvchilarga hikoyalar so’zlay boshladilar. Bobomning atroflarida o’tirgan o’quvchi yoshlar ular so’zlab bergan hikoyalarni maroq bilan tinglar ekanlar, ko’ksilarini bezab turgan, yarqiragan medal va ordenlardan ko’z uzolmasdilar. Ularga havas bilan qarab turishardi. Men bobomning yonlarida turib, ana shunday mehnatkash, qahramon insonlar bag’rida o’sib-ulg’ayib, kamol topayotganimdan, shunday kishilarning nabirasi ekanimdan o’zgacha faxr, iftixor hislarini tuydim.
Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo’lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-e’tibor ko’rsatish mamlakatimizda milliy qadriyat darajasiga ko’tarilganligi bizni juda quvontiradi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng nishonlanib kelinayotgan “Xotira va qadrlash kuni” mazmun-mohiyatida ham ana shunday ezgu tamoyillari o’z ifodasini topgan. Bu ayyomda bugungi tinch, osoyishta hayot, to’kinlik va farovonlikka qanday og’ir sinov hamda mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o’tadi. Qancha janglarda qatnashgan qahramonlar hozir ham yonimizda, biz bilan birga umrguzaronlik qilmoqdalar. G’alaba ishonchi-la mustaqillik shamolidan bahramand bo’lish bizlarga nasib etdi, mustaqillik atalmish ne’mat, tinchlik barqarorligiga yetishdik. Ayniqsa, qariya-yu keksa yoshdagi yurtdoshlarimiz bunday shart-sharoitlar yaratilganligidan quvonishadi, dillari quvonch, mamnunlik tuyg’ulariga to’ladi. Shusababli bo’lsa kerak, qariyalar yosh avlodga ham yoshlikdan bularning qadriga yetishni uqtirishadi. Hozirgi paytda keksa avlod vakillarining ko’nglini ko’tarish, salomatligini mustahkamlash, ular uchun qo’shimcha qulayliklar yaratish davlatimizning doimiy e’tiborida. Tilagimiz shuki, qariyalar doimo baxtli, yurtimiz esa tinch va osoyishta bo’lsin. Zero, qariyalari qadr topgan, keksalari ulug’langan yurt zavol ko’rmagay. [medium=left]http://uchtepa81maktab.uz/uploads/posts/2017-05/1494571276ñêà÷àòü øàáëîíû äëÿ dle 10.3Ôèíàíñîâûé ïîðòàë êàê çàðàáîòàòü íà forex
Orqaga qaytish